Tasodifiy maqola:
РЕКЛАМА
hamkorlikda biznes qilishga chaqirdi. Akbarali ko‘nmadi.
Bu orada zamon o‘zgarib ketdi.
Bozor iqtisodiyoti degan tushuncha hayotga kirib keldi.
Ko‘pchilik odam o‘zini oldi-sotdiga urdi.
Akbarali o‘z joyida tinchgina ishlayverdi. Uning ancha-muncha tanishlari bu sohada sinib, boridan ham ayrilishdi. Ularni ko‘rib, Akbarali bunaqa ishlarga aralashmagani uchun o‘zicha shukronalar aytdi. To‘g‘ri, ba’zi bir tanish-bilishlarining omadi keldi. Ular tez orada yangi mashinalarda, qimmatbaho liboslarda o‘zlarini ko‘z-ko‘zlab yuradigan bo‘lishdi. Akbaralining ularga havasi keldi, ammo oldi-sotdini eplolmasligini o‘ylab, yana bunaqa ishlardan o‘zini olib qochib yurdi.
Tez orada Akbarali uylandi.
Kelin qishlog‘idan. Istarasi issiqqina, xushmuomala Xolnisa bilan dastlabki yillari oilaviy yotoqxonaning katalakdek bir xonasida baxtiyor yashadilar. Qishloqdan kelgan Xolnisa yotoqxonaning sharoitidan, ayniqsa bir jo‘mrakdan issiq suv, ikkinchisidan sovuq suv tinmay kelishidan, umum oshxonada esa
gaz sira o‘chmasligidan hayratda edi.
O’g‘illi bo‘lishdi. Keyin qiz ko‘rishdi.
Vaqt esa shuvillab o‘tib bormoqda.
Yotoqxonani xususiylashtirishdi.
Akbarali o‘zi yashab turgan xonani qonuniy asosda nomiga o‘tkazib oldi.
Ana shunda ko‘rdi yigit ayrim odamlarning naqadar ishbilarmon va ustomon ekanligini.
Akbarali torgina xonaga ega bo‘lganiga shukronalar aytib yuravergan ekan. Ustomonlar bo‘lsa u qilishdi-bu qilishdi, kerakli odamlarni topishdi, ularning ko‘nglini ovlashdi, ishqilib, qisqa muddat ichida oilaviy yotoqxonadan uchtadan-to‘rttadan xonani xususiylashatirib, devorlar bilan o‘rab, ta’mirlab, binoyidaygina uy qilib olishdi. Shundaylardan bittasi umumiy oshxonani ham o‘ziniki qilib olib, darrov eshigini berkitib, bilyardxona qilib olgandan keyin Xolnisa ovqatni eni-bo‘yi bir yarim metrlik ayvonda, elektr plitada tayyorlaydigan bo‘ldi.
Akmal-ku, bir yumalab boshqacha odamga aylandi-qoldi. Ya’ni qisqa vaqt ichida o‘zi ishlagan tsexni o‘ziniki qilib oldi, bozorda yaxshi ketadigan eshik-romlar ishlab chiqara boshladi. Qarabsizki, ikki yil o‘tar-o‘tmay Akmalboy katta hovliga va gijinglab turgan xorij mashinasiga ega bo‘ldi.
Bularning bari er-xotinning ko‘z o‘ngida sodir bo‘lmoqdaydi.
Xullas, oxir-oqibat shunday kun yetib keldiki, ishsiz qolgan Akbarali noiloj bir paytlar o‘zi birga ishlagan tanishi Akmalning xususiy mebel fabrikasida oddiy ishchi bo‘lib ishlay boshladi.
Alam qilmaydimi? Qiladi, albatta. Ammo na iloj? Nari borsa burnini tishlar…
Ikki bola bilan bir xonali uyda yashashning azobi… Buni ayniqsa ayol kishi ko‘proq va chuqurroq his qilsa kerak.
Xolnisaga ham oson emas. Ayniqsa og‘zi shaloq Saltanatga o‘xshash qo‘shnilar bilan yashash. Axir Saltanat qop-qoragina, jussasi o‘zidan ikki barobar kichkina eri Toshtemirni burayverib-burayverib, oxiri qo‘shnisining ikki xonali uychasini ham sotib oldi va mana endi to‘rt xonali uyda maza qilib yashayapti. Xotin kishi esa maqtanishga o‘ch bo‘ladi. Ayniqsa bechorahol kun ko‘rayotgan hamjinsini ko‘rganda

SAYITIMIZDA KIMLAR BOR